Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Gavini ikkita katta klub so‘rayapti

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Transfer bo'ladimi?

22 yoshli yarimhimoyachi so‘nggi paytlarda "Barselona"ning asosiy tarkibida doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti. U shuningdek joriy yig‘in uchun Ispaniya terma jamoasiga ham chaqirilmadi. 

El Nacional nashrining yozishicha, shunga qaramay futbolchiga bo‘lgan qiziqish Evropaning qator klublari tomonidan saqlanib qolmoqda. Xususan, Gavi "Manchester Yunayted" va PSJ skautlari diqqat markazida turibdi.

Manbalarga ko‘ra, futbolchining o‘zi va uning atrofidagilar "Barselona"dan ketish masalasini hozircha ehtimoliy variant sifatida ko‘rib chiqmoqda. Hozircha yakuniy qaror qabul qilinmagan, biroq transfer ehtimoli kun tartibidan tushgani yo‘q.

Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, ispaniyalik yarimhimoyachining bozor qiymati 30 million yevro atrofida baholanmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q