Gavini qattiq jazolashmoqchi

  • 01.08.2026 09:27
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

FIFA 2026 yilg i jahon chempionati finali (1:0) yakunlangach, Ispaniya va Argentina futbolchilari o‘rtasida yuz bergan to‘qnashuv bo‘yicha rasmiy tekshiruv boshlandi.

FIFA hujjatlariga ko‘ra, ish Gavin ing sportga xos bo‘lmagan xatti-harakatlari sabab ochilgan. Agar ayb isbotlansa, ispaniyalik yarim himoyachi kamida bir o‘yinga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin.

Mundo Deportivo nashri yozishicha,  Ispaniya Qirolligi futbol federatsiyasi (RFEF) allaqachon apellyatsiya ustida ishlamoqda. Federatsiya vakillarining fikricha, Gavi qoidani buzmagan, aksincha, Argentina yarim himoyachisi Leandro Paredes tomonidan tajovuzga uchragan. Ayni shu vaziyatda Paredes uni maydonga yiqitgani ta’kidlanmoqda.

Mozharo Paredes va Erik Garsiya o‘rtasidagi to‘qnashuvdan keyin boshlangan. Argentina futbolchisi Ispaniya himoyachisini qattiq turtib yuborgan, shundan so‘ng Gavi vaziyatga aralashgan.

RFEF Gaviga nisbatan jazo qo‘llanmasligi kerak, degan qat’iy pozitsiyada. Shuningdek, federatsiya AQSh terma jamoasi futbolchisi Folarin Balogun diskvalifikatsiyasini to‘xtatib turish bo‘yicha qabul qilingan qarorni pretsedent sifatida keltirib, «Barselona» o‘yinchisi uchun ham shunga o‘xshash yechimga erishishga umid qilmoqda.

FIFA intizom qo‘mitasi Argentina terma jamoasi futbolchilari – Leandro Paredes, Nauyel Molina, Tyago Almada, shuningdek, Dani Olmoga yuziga zarba bergani aytilgan Argentina murabbiylar shtabi a’zosi Roberto Ayala harakatlarini ham o‘rganmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!