Asosiy mazmunga oʻtish
MMA

Genri Sexudo: UFCda pullar menga ilhom beradi

Izohlar: 0

Sexudo pullar uchun oktagonga ko‘tarilishini ochiqchasiga aytdi.

UFCning ikki divizion chempioni Genri Sexudo agarda gonorar berilmasa, UFCni tark etishi va faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi.

"Men bu o‘yinlarda 100% pul uchun ishtirok etaman. Men pul ishlash uchun bu erdaman.

Hozirda, bular menga ilhom beradi. Sport nuqtai nazardan men xohlagan hamma narsamni yutib bo‘ldim. Agar kerak bo‘lsa, men faoliyatimni yakunlashga tayyorman.

Men Dana Uaytni xurmat qilaman va ular qilgan barcha harakatlarni ham xurmat qilaman, ammo ular bilan kelishuvga erisha olmasak, ularga omad tilayman," - dedi Sexudo.

Eslatib o‘tamiz, Sexudo o‘zining so‘nggi jangini UFC 238 doirasida Marlon Moraesga qarshi o‘tkazib, nokaut evaziga g‘alaba qozongandi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q