Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Germaniyada katta yo‘qotish

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

Futbolchi bir oy maydonga tushmaydi

Myunxenning "Bavariya" jamoasi yarim himoyachisi Jamol Musiala jarohat sabab Germaniya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etdi. Bu haqida klub matbuot xizmati ma’lum qildi.

Futbolchi jarohatni Niderlandiyaga qarshi Millatlar ligasi uchrashuvi oldidan o‘tkazilgan qizish mashqlari paytida olgan. Ushbu bellashuv 1:1 hisob bilan durang natija bilan yakunlandi.

Jurnalist Kerri Xau ma’lumotiga ko‘ra, Musialaga son mushaklarining qisman uzilishi tashxisi qo‘yilgan. Shu bois u kamida uch-to‘rt hafta davomida maydonga tusha olmaydi va tiklanish bilan shug‘ullanadi.

Musiala joriy mavsumda "Bavariya" safida to‘rtta o‘yin o‘tkazdi, ikki marta raqib darvozasini ishg‘ol etdi va bir bor golli pas bilan hamyordoshlariga yordam berdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q