Gexiga yangi xaridor topildi
"Atletiko Madrid" "Kristal Pelas" himoyachisi Mark Gexini diqqat bilan kuzatmoqda. Ispaniya klubi bu transferga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
"Football Espana" nashri bergan ma’lumotga ko‘ra, "matraschilar" Markni Ximensning o‘rniga o‘rinbosari sifatida ko‘rmoqda. "Atletiko" rahbariyati angliyalik futbolchi uchun shiddatli bo‘lishini anglamoqda va uni qo‘lga kiritish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishga tayyor. Shu bilan birga Gexiga "Liverpul", "Bavariya" va "Barselona" klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Markni "Kristal Pelas" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozida yakuniga etadi. Uning hozirda "Transfermarkt" portalidagi narxi 50 million evroni tashkil etadi.
Ma’lumot uchun, 25 yoshli himoyachi joriy mavsum "burgutlar" safida 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol va 3 ta golli uzatmani o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar