Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Gimaraes rasmаn trаnsfer so‘rаydi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

U boshqa klub bilan kelishib qo‘ydi

«Nyukasl» jamoasi yarim himoyachisi Bruno Gimaraesning «Arsenal» safiga o‘tishi yaqin turibdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, braziliyalik futbolchi hozirgi jamoasi bilan birga Ispaniyadagi mavsumoldi yig‘inda ishtirok etadi. Biroq u bu safarga asosan klub rahbariyatiga rasmiy ravishda transfer so‘rovini taqdim etish uchun qo‘shilayotgani aytilmoqda. 

The Touchline nashrining Goal manbasiga tayanib xabar berishicha, 28 yoshli yarim himoyachi yangi bosh murabbiy Mattias Yayssle bilan shaxsiy suhbat o‘tkazishni rejalashtirgan. Uning maqsadi – «Arsenal»ga o‘tish bo‘yicha klubni ko‘ndirish.

Manbalarga ko‘ra, Bruno Gimaraes avgust oyi oxirigacha London klubi futbolchisiga aylanishi kutilmoqda. U «Arsenal» bilan shartnoma shartlari bo‘yicha allaqachon og‘zaki kelishuvga erishgan.

 Braziliya terma jamoasi a’zosi bo‘lgan yarim himoyachining transfer narxi 80 million yevro miqdoridan ham oshishi mumkinligi ta’kidlanmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q