Gordon: "Biz katta ustunlikka ega edik"
Angliya terma jamoasi Chexiyani 2:0 hisobida mag‘lub etdi, gollar Entoni Gordon va Garri Keyn tomonidan urildi.
Angliya terma jamoasi hujumchisi Entoni Gordon Liga millatlari doirasida Chexiyaga qarshi o‘yindan keyin jurnalistlar bilan suhbatda jamoa g‘alabasi haqida fikr bildirdi.
UEFA matbuot xizmatiga bergan izohida Gordon Angliya terma jamoasi maydonda ustunlik qilganini va butun o‘yin davomida tashabbusni qo‘ldan chiqarmaganini ta’kidladi. Hujumchining aytishicha, hisob yanada yirik bo‘lishi uchun imkoniyatlar yetarli bo‘lgan.
«Balki ba’zi vaziyatlarda hal qiluvchi zarbalarda mahoratibiz yetishmagan bo‘lishi mumkin. Hali ishlashimiz kerak bo‘lgan juda ko‘p jihatlar bor», – deya qo‘shimcha qildi Gordon.
Eslatib o‘tamiz, Tomas Tuxel boshchiligidagi Angliya terma jamoasi Chexiyani 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Chexiya terma jamoasi maydonda yarim o‘yindan ko‘prog‘ini bir futbolchi kam tarkibda o‘tkazishga majbur bo‘ldi. Angliya safidagi ikki gol muallifi Entoni Gordon va Garri Keyn bo‘ldi.
Izohlar (0)