Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Gordon: "Ispaniya va Angliya bir xil darajada"

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 0

Entoni Gordon Ispaniyaga 2:3 hisobida mag‘lubiyatga qaramay, Angliya terma jamoasini Ispaniya bilan bir darajada deb hisobladi.

Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Entoni Gordonning fikricha, jamoasi Ispaniya bilan bir darajada turibdi.

Millatlar ligasi musobaqasining 1-turida angliyaliklar Ispaniyaga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. 

«Menimcha, bizning [Angliya va Ispaniya] oramizda katta farq yo‘q. O‘ylaymanki, biz ular bilan bir xil darajada turibmiz.

O‘sha o‘yinni yutishga to‘liq imkoniyatimiz bor edi. Agar penalti­ni aniq amalga oshirganimizda hisobni o‘z foydamizga yakunlashimiz mumkin edi. Albatta, endilikda bu haqida gapirish oson, lekin o‘yin davomida menda yaxshi hissiyot bor edi.

O‘zimizni ortda qolyapmiz, deb hisoblamayman. Agar finalda ularga qarshi maydonga tushganimizda ham o‘zimni ishonchli his qilardim. Ishonch har doim ham g‘alabani kafolatlamaydi, lekin bugungi o‘yin shundan dalolat berdiki, biz yuqori darajadagi jamoamiz», – dedi «Barselona» futbolchisi ITV Sport bilan suhbatda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q