Grand klublarga oʻyinchi sotmaymiz!
Angliya bozori murakkab
«Nottingem Forest» jamoasida to‘p surib kelayotgan flang himoyachisi Neko Uilyams joriy transfer oynasi yopilguncha klubni tark etmaydi. Bu haqida Football Insider nashri xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, «Nottingem Forest» rahbariyati Uilyamsga qiziqish bildirgan bir qator jamoalarga futbolchi sotilmasligi haqida aniq javob qaytargan. Avvalroq «Tottenxem» valliylik himoyachini o‘zining asosiy transfer maqsadi sifatida ko‘rayotgani aytilgan edi, ammo hozircha bu bitim amalga oshmasligi kutilmoqda. Shuningdek, futbolchi nomzodi «Manchester Yunayted» bilan ham bog‘langan, biroq «Nottingem» uni jamoada saqlab qolish niyatida qat’iy turibdi.
Yangi mavsumda 25 yoshli Uilyams klubning har ikki o‘yinida ham maydonga tushdi, ammo gol yoki golli uzatma bilan ajralib tura olmadi. Uning amaldagi shartnomasi 2029 yil iyuniga qadar mo‘ljallangan.
Izohlar (0)