Grigor Dimitrov "BNP Paribas Open" turnirilan voz kechdi

Xabaringiz bor ayni paytda Indian-Uellse shahrida "Masters" turkumiga kiruvchi "BNP Paribas Open" turniri o‘tkazilmoqda.

Bolgariyalik Grigor Dimitrov ushbu musobaqada ishtirok etish uchun AQShga tashrif buyurgan edi. Biroq u kutilmaganda musobaqada qatnashmasligini e’lon qildi.

Grigorning bunday qarorga kelishiga elkasidan olgan jarohati sabab bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, Dimitrov Rotterdam va Dubay shahridagi musobaqalarda ham ishtirok etmagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!