Grigor Dimitrovning chorak finaldagi raqibi aniqlandi
Avstraliyada “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi “Australian Open – 2018” turnirining to‘rtinchi davrasida bolgariyalik Grigor Dimitrov mezbon tennischi Nik Kirgiosni 7:6, 7:6, 4:6, 7:6 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Britaniyalik Kayl Edmund esa musobaqaning ushbu bosqichida italiyalik Andreas Seppini 6:7, 7:5, 6:2, 6:3 hisobida engdi. Endi Kayl chorak finalda Grigor bilan kuch sinashadi.


Izohlar (0)