
Grilish jamoadan chetlashdi
“Manchester Siti” tarixidagi eng qimmatbaho o‘yinchilardan hisoblangan Jek Grilish yangi mavsum boshlangunga qadar o‘ziga yangi jamoa topishi kerak.
Xosep Gvardiola bu shogirdi o‘ziga boshqa jamoa topishi uchun uni AQShda o‘tkazilgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatiga jalb qilmagan edi.
Grilish bir oydan ortiq vaqt mobaynida o‘ziga yangi ish joyi tanlay olgani yo‘q. Jek Grilish faoliyatida o‘zgarish yasash maqsadida jamoadoshlari bilan mashg‘ulotlardan chetlanishga rozi bo‘ldi.
The Telegraph nashriga ko‘ra, kelajagi hal bo‘lmagunga qadar, yarim himoyachi “Manchester Siti” bazasida shaxsiy murabbiyi bilan alohida shug‘ullanadigan bo‘ldi.
Jek Grilishning transfer summasi va maoshi kattaligi bois, uni transfer qiladigan klub topilmayapti. Shu bois, klub rahbariyati 29 yoshli o‘yinchini hech bo‘lmaganda ijaraga berish borasida ish olib bormoqda.
Fikrlar
https://temu.com/u/3g1mef4jcMHHaz