Grilish: «Mareska — ajoyib murabbiy»

  • 08.09.2026 14:59
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Manchester Siti»ning qanot hujumchisi Jek Grilish, hozirda «Everton» jamoasida ijara asosida to‘p surmoqda. U yaqinida «shaharliklar» bosh murabbiyi Enco Mareska haqida fikr bildirdi.

 

«U juda zo‘r murabbiy va ajoyib inson. U haqida gapirayotganda yuzimda o‘z-o‘zidan tabassum paydo bo‘ladi. Trebl yutgan mavsumimizda u bilan munosabatlarimiz juda yaxshi edi. Umid qilamanki, «Manchester Siti»da hammasi uning ko‘nglidagidek kechadi», — dedi Grilish Sky Sports bilan suhbatida.

 

Enco Mareska 2022–2023 yillarda «Manchester Siti»da Xosep Gvardiola murabbiylar shtabi tarkibida faoliyat yuritgan. O‘tgan yozda esa u Pep o‘rnini egallab, jamoaning bosh murabbiyiga aylandi.

 

Premyer-ligadagi dastlabki uch turdan so‘ng «shaharliklar» barcha uchrashuvlarda g‘alaba qozonib, to‘liq to‘qqiz ochko jamg‘argan holda turnir jadvalidа peshqadamlik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!