Grilish oʻziga "Manchester Siti"dan boshqa jamoa tanladi
«Manchester Siti»ning hujumkor yarim himoyachisi Jek Grilish o‘zining kelgusi faoliyati bo‘yicha asosiy variantini belgilab olgani aytilmoqda.
Jurnalist Martin Blakkbern ma’lumotiga ko‘ra, 30 yoshli futbolchi o‘tgan mavsum ijaraga asosida o‘ynab bergan «Everton»ga qaytishga qarshi emas.
«Eerton» rahbariyati bu masalada «Manchester Siti» bilan muzokara boshlab yuborgani xabar qilinmoqda.
Jek Grilish o‘tgan mavsum «Everton» safida 22 ta o‘yin o‘tkazib, ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol etdi va olti marta golli uzatma berdi.
Futbolchining «Manchester Siti» bilan amaldagi shartnomasi kelasi yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali Grilishning taxminiy bozor qiymatini 20 million yevro atrofida baholamoqda.

Fikrlar