Grilish “Siti”dan ketadi
“Manchester Siti”ning 30 yoshli vingeri Jek Grilish faoliyatini “Everton”da davom ettiradi.
Tomonlar futbolchining bir mavsumga qayta ijaraga berilishi bo‘yicha kelishuvga erishgan. Bu haqida insayder Fabrizio Romano ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
Grilishning o‘zi ham transferga rozilik bergan.
Angliyalik futbolchi o‘tgan mavsumda ham “Everton”da o‘ynagan. U klub safida barcha musobaqalarda 22 ta uchrashuv o‘tkazib, 2 ta gol va 6 ta golli uzatma qayd etgan.
“Manchester Siti” Grilishni 2021 yil yozida “Aston Villa”dan 100 mln funt evaziga sotib olgan.
Eslatib o‘tamiz, Evropada transfer oynasi bugun tunda yopiladi.
Ayni paytda “Everton” APL jadvalida ikki turdan keyin 4 ochko bilan 7-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar