Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Grilishni klub oʻyindan chetladi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Yulduzni nega jazolashdi?

«Everton» yarim himoyachisi Jek Grilish Angliya Liga kubogi doirasidagi «Nyukasl Yunayted»ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi aniq bo‘ldi. Bu haqida BBC Sport xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, futbolchi musobaqaning 1/8 finalida maydonga tushmaydi. Qaror uning ichki tartib-qoidalarni buzgani bilan bog‘liq.

«Everton» – «Nyukasl» uchrashuvi Liverpuldagi «Hill Dikinson» stadionida bo‘lib o‘tadi. 

31 yoshli Jek Grilish «Manchester Siti» klubidan ijara asosida «Everton» sharafini himoya qilmoqda. U joriy mavsumda jamoa safida barcha musobaqalarda sakkizta o‘yin o‘tkazdi, biror gol urmadi va golli pas ham bermadi. Futbolchining shartnomasi mavsum oxirigacha mo‘ljallangan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q