Grizmann faoliyatini AQShda davom ettiradi

  • 24.03.2026 20:25
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Amerikaning MLS klubi "Orlando Siti" Frantsiya terma jamoasi safida 2018 yildgi jahon chempioni, Madriddning "Atletiko" klubi forvardi Antuan Grizmann transferini e’lon qildi. Bu haqida "Orlando" klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.

"Antuanning "Orlando Siti"ga kelishi nafaqat klubimiz, balki shahrimiz, muxlislarimiz va futbol ligasi uchun muhim lahzadir", - deydi "Orlando Siti" xo‘jayini va boshqaruv raisi Mark Uilf jamoa rasmiy saytiga bergan intervyusida.

Futbolchi bilan shartnoma 2026 yilning iyulidan kuchga kiradi. Kelishuv 2027/2028-yilgi mavsum oxirigacha, yana bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan tuzilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!