Grizmann Messi va Gvardiola nomini tarixdan “o‘chirdi”

  • 9 noyabr, 10:14
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya chempionatining 12-turida Madridning “Atletiko” jamoasi o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida “Levante”ni qabul qilib, raqibni 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Tecno

O‘yinda dubl qayd etib, g‘alabaga munosib hissa qo‘shgan Antuann Grizmann antiqa rekordni yangiladi. Gap shundaki, frantsiyalik futbolchi hozirgi bosh murabbiy Diego Simeone qo‘l ostida 138-golini kiritdi. Bu bir murabbiy bilan ishlash davrida eng ko‘p gol urish bo‘yicha yangi natija sifatida qayd etildi.

SportsCenter markazining ma’lum qilishicha, avvalgi rekord Lionel Messiga tegishli bo‘lib, argentinalik yulduz “Barselona”ni Xosep Gvardiola boshqargan paytda raqiblar darvozasini 137 marotaba ishg‘ol qilgan edi.

Endi “Atletiko”ni Diego Simeone boshqarar ekan, Antuan Grizmanning har bir goli yangi statistik natija sifatida qayd etilaveradi.

Antuan Grizmanning Madrid superklubi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yarmiga qadar davom etishi belgilangan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!