Gross eng yaxshi to‘purarga aylandi
Angliya Premer-ligasining uchinchi turidan o‘rin olgan “Brayton” va “Vest Xem” o‘rtasidagi uchrashuvda yangi rekord qayd etildi.
Uyarashuvda mehmonlar “Brayton” ustidan 3:1 hisobida zafar quchdi. Biroq, mezbonlarning yagona javob goli tarixiy ahamiyat kasb etdi.
Gol muallifi Paskal Gross “Brayton” tarixida eng ko‘p gol urgan futbolchiga aylandi. “Vest Xem” darvozasiga kiritilgan to‘p Gross uchun “Brayton” safidagi 27-gol bo‘ldi.
Gross bu ko‘rsatkich bo‘yicha avvalgi rekordchilar – Nil Mopey va Glenn Myurreydan bitta golga o‘zib ketdi.
Endi bu o‘yinchining har bir goli yangi natija sifatida qayd etiladi.
Fikrlar