
Gvardiola: Bu jamoa “Manchester Siti”dan zo‘r!
Angliya Premer-ligasining amaldagi g‘olibi “Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola joriy mavsumdagi chempionlik kurashi haqida fikr bildirdi.
- Kurash o‘zi shunaqa. Biz musobaqa jadvalining eng yuqorisida emasmiz. “Liverpul” bizdan zo‘r.
Jamoamizda jarohatlar va ayrim muammolar bo‘ldi. Lekin bizning darajamiz yaxshi va chempionlik uchun kurashdamiz. Endi ozgina hordiq chiqarish kerak.
Yanvar oyi noyabr va dekabrdek tig‘iz emas. Tayyorgarlikni davom ettiramiz, - dedi Xosep Gvardiola.
Joriy mavsumda chempionlik uchun “Arsenal”, “Liverpul”, “Aston Vlla”, “Tottenxem” jamoalari “shaharliklar” bilan raqobatlashmoqda.
“Manchester Siti” navbatdagi uchrashuvin 7 yanvar kuni Angliya kubogi doirasida “Xaddersfil Taun”ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar