
Gvardiola bu transferdan qattiq afsusda
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola o‘tgan yozda jamoa hujumchisi Xulian Alvaresni “Atletiko” klubiga qo‘yib yuborgan edi.
Argentinalik jahon chempioni qisqa fursatda Madrid klubining asosiy figurasiga aylandi. Uning samarali o‘yinlarini ko‘rgan Gvardiola bu futbolchining ketishiga ruxsat bergani katta xato ekanini tan oldi.
Garchi “Atletiko” Alvares uchun 75 million evro miqdorida badal puli to‘lagan bo‘lsa-da, “shaharliklar” bu transferdan qolgan bo‘shliqni to‘ldira olgani yo‘q.
“Atletiko” bosh murabbiyi Diego Simeone o‘z hamyurtiga mos o‘yin sxemasini qo‘llay boshladi. Alvares gol sezish qobiliyati, harakatchanligi va tinimsiz pressing qilishi bilan jamoa o‘yiniga ijobiy ta’sir o‘tkaza boshladi.
Gvardiola Xulian Alvaresning “Manchester Siti” o‘yinini kuchaytirishini ko‘ra olmaganini va buning uchun qattiq afsusda ekanini e’tirof etmoqda.
Alvares esa, Madrid superklubidagi faoliyatini rivojlantirish bilan band. 24 yoshli hujumchi “Atletiko”ga ko‘chib o‘tganidan beri 31 ta uchrashuvda ishtirok etib, 16 ta gol va ikkita assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar