Gvardiola Grilishga "Everton"dagi faoliyatida omad tiladi
Jahongir Inomjonov
Murabbiy bu transferni futbolchi uchun to‘g‘ri tanlov ekanligini aytdi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola hujumkor yarim himoyachi Jek Grilishning jamoadan ketishi haqida fikr bildirdi.
- Unga "Everton"da barcha yaxshiliklarni tilayman. Umid qilamanki, u erda ko‘proq o‘ynash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Biz buni Grilish uchun eng yaxshi qaror deb hisobladik, - dedi ispaniyalik mutaxassis.
Angliya Premer-ligasining birinchi turida "Manchester Siti" safarda "Vulverxempton"ga qarshi o‘ynaydi. Uchrashuv 16 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.
Izohlar (0)