Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Gvardiola ispanlarga finalda Argentinani yengish yo‘lini aytdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Yaxshi maslahat

«Manchester Siti»,  «Bavariya» va «Barselona» klublarining sobiq bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Jahon chempionati finalida Ispaniya terma jamoasining imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.

Uning taʼkidlashicha, u doim oʻzini maʼqul qilgan futbolchilar toʻp surgan jamoalarni qoʻllab-quvvatlaydi.

- Qaysi jamoa gʻalaba qozonishidan qatʼi nazar, men uchun bu quvonchli boʻladi. Agar Argentina yutib chiqsa, u yerda men birga ishlagan oʻyinchilar bor, ular uchun xursand boʻlaman. 

Xuddi shuni Frantsiya haqida ham ayta olaman. Portugaliya safida ham oʻyinini katta hurmat qilgan futbolchilarim bor, — deya taʼkidlagan Gvardiola.

Mutaxassisga koʻra, Ispaniya finalda hal qiluvchi ustunlikka ega boʻlishi mumkin.

- Agar Rodri markazda Pedri bilan birga oʻyinni toʻliq nazorat qila olsa, Lamin Yamal esa oʻzining eng yaxshi oʻyinini namoyish etsa, Ispaniya oʻyin taqdirini hal qiladigan jamoaga aylanishi mumkin, — deya Gvardiolaning soʻzlarini keltiradi AS nashri.

Eslatib oʻtamiz, Argentina va Ispaniya terma jamoalari oʻrtasidagi Jahon chempionati–2026 final bahsi 19 iyul kuni boʻlib oʻtadi. 

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q