
Gvardiola: Men juda yaxshiman
Pep Gvardiola "Manchester Siti" futbolchilari taktik ma’lumotlarni qanday o‘zlashtirayotganini tushuntirib berdi.
"Manchester Siti" ustozidan futbolchilar qanday qilib atigi 10 daqiqada bunday ma’lumotlarni o‘zlashtira olishi haqida so‘rashdi.
"Sababi, men juda yaxshiman. Mening qoyilmaqom ishlarim sabab ular turli taktikalarga tez moslashadi. Demak, men juda yaxshiman.
Men Diashga "Chelsi"ga qarshi o‘yinda nima bo‘lganini aytdim, Uokerga ham. Ularning xatolaridan keyin ham alohida gaplashib oldik. Ular buni tushunishadi", - dedi Gvardiola.
Fikrlar