
Gvardiola noxush xabar aytdi
“Manchester Siti” AQSh mezbonlik qilayotganklublar o‘rtasidagi jahon chempionati pley-off bosqichida qo‘shimcha taymlarda “Al-Hilol”dan 3:4 hisobida mag‘lubiyatga uchrab, musobaqani kutilganidan erta tark etishga majbur bo‘ldi.
Uchrashuvdan keyin manchesterliklar bosh murabbiyi Xosep Gvardiola amaldagi “Oltin to‘p” sohibi Rodri haqida noxush xabar aytdi.
Gap shundaki, ispaniyalik futbolchi og‘ir jarohat tufayli o‘tgan mavsumning katta qismida jamoaga yordam bera olmagan va yaqindagina maydonga qaytgan edi. Rodri “Al-Hilol”ga qarshi uchrashuvning 53-daqiqasida zaxiradan o‘yinga qo‘shildi. Biroq qo‘shimcha taym boshida yana maydondan olindi.
- Biz Rodrining ahvolini qayta o‘rganib chiqishimiz kerak. U shikoyat qildi. Yana safga qaytishi uchun vaqt talab etiladi, - dedi Xosep Gvardiola.
Fikrlar