Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Gvardiola qolsa, “Siti”ga qadam bosmayman!

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Pepni yoqtirmaydigan yulduzlar bor

“Manchester Siti” tarixidagi eng qimmat transferlardan biri Jek Grilish mavsum boshida jamoani tark etib, ijara asosida “Everton”ga ko‘chib o‘tgan edi.

Chempionat yakunlashini arafasida tajribali yarim himoyachi kelajagi bo‘yicha qaror qabul qilishiga to‘g‘ri keladi.

Jek Grilish “Everton” bosh murabbiyi Devid Moyez qo‘l ostida katta o‘sishga erishdi va avvalgi yuqori sport formasini tiklay boshladi. Biroq yanvar oyidagi jarohat uni safdan chiqardi.

Shunga qaramay, mersisaydliklar yozda Grilishni to‘liq transfer qilishni istayapti. Ammo “Manchester Siti” o‘z o‘yinchisini ancha qimmat – 50 million funtga baholayotgan “Everton” rejasiga salbiy ta’sir qilmoqda.

Jek Grilishning o‘zi esa, “Manchester Siti” boshqaruvida Xosep Gvardiola qoladigan bo‘lsa, “shaharliklar” safiga qaytib bormasligini ma’lum qildi. Jekning manchesterliklar bilan shartnomasi 2027 yilning yozigacha davom etadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q