Gvardiola Rodrini qiynağan raqibni oladi

  • 06.03.2026 04:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola o‘z jamoasida “Nottingem Forest” yarim himoyachisi Elliot Andersonni ko‘rmoqchi.

Angliyalik futbolchi o‘tgan turda o‘zaro uchrashuvda o‘z harakatlari bilan “shaharliklar”ning mashhur yulduzi Rodrini ancha qiynab qo‘ydi.

Talksport nashrining xabar berishicha, Anderson o‘ziga Manchesterning har ikki klubidan qiziqish borligini biladi va ulardan birini tanlash kerak bo‘lsa, “Siti”ga o‘tishga moyillik bildirgan.

Qayd etilishicha, “Manchester Siti” Andersonni uzoq muddatli istiqbolda Rodrining o‘rnini bosuvchi sifatida ko‘rmoqda.

23 yoshli Elliot Andersonning “Nottingem Forest” bilan shartnomasi 2029 yil yozigacha amal qiladi. Joriy mavsumda u Angliya Premier-ligasi va Yevropa ligasida klubi uchun 37 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol va 3 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!