Gvardiola shogirdlariga ishonmayapti
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola ayni paytda “shaharliklar” Evropa Chempionlar ligasida ishtirok etayotgan dunyoning eng kuchli klublar bilan tengma-teng kurasha olish holatida emasligini bildirdi.
- Hozirgi darajamiz bilan biz Chempionlar ligasining so‘nggi bosqichlarigacha etib borib, “Bavariya”, “Pari Sen-Jerman”, “Arsenal”, “Liverpul”, “Barselona” va “Real” kabi barcha yirik klublarni mag‘lub eta olmaymiz!
Jamoamiz ikki marta Chempionlar ligasi finalida o‘ynagan. Men uni murabbiy va futbolchi sifatida to‘rt marta yutganman. Nima talab qilinishini bilaman, - dedi Xosep Gvardiola.
Eslatib o‘tamiz, ayni paytda Xosep Gvardiola jamoasi bir necha frontda kurash olib bormoqda. Jamoada nazariy jihatdan Angliya premer-ligasi, Evropa Chempionlar ligasi, Angliya kubogi va Angliya ligasi kubogida bosh sovrinni qo‘lga kiritish imkoniyati bor.

Fikrlar