
Gvardiola: Uni hamma yaxshi ko‘radi
Pep Gvardiola Bernardu Silvaning "Manchester Siti" uchun ahamiyati haqida gapirdi.
“U har jihatdan zo‘r va biz uning o‘yinidan mamnunmiz. Men shu erda qolib, 10 daqiqa davomida Bernardu Silva men va jamoamiz uchun nimani anglatishi haqida gaplashishim mumkin edi. U har jabhada ustunlik qiladigan futbolchi - fidoyilik, aql-zakovat, hamma narsani tushunadi.
U kamtar va kiyinish xonasida hamma uni yaxshi ko‘radi. Biz uni yo‘qotmaganimizdan baxtiyormiz. U almashtirib bo‘lmaydigan. Bilaman, Silva bu erda baxtli”, - dedi “Manchester Siti” bosh murabbiyi.
Fikrlar