Gvardiola yangi darvozabon tanladi

  • 20 aprel, 09:51
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola Ederson o‘rniga boshqa darvozabon olib kelishga qaror qildi.

31 yoshli Ederson avvalgi yillarda futbol tili bilan aytganda haqiqiy yarim jamoa vazifasini o‘tab kelayotgan edi. Biroq keyingi paytda braziliyalik golkiper o‘yinida pasayish kuzatilmoqda.

Bundan tashqari, bu mavsumda Ederson bir necha bor jarohat olib, muhim pallada jamoga yordam bera olmadi. Ayrim holatlarda ikkinchi posbon Stefan Ortegaga raqobatni boy beryapti.

Nufuzli manbalarning yozishicha, “Manchester Siti” rahbariyati darvozabon pozitsiyasi uchun asosiy nomzod sifatida “Portu” posboni Diogu Koshtani tanlagan. 

Portugaliya terma jamoasi darvozaboni hisoblangan Koshtaning hozirgi shartnomasida 63 million funt sterling miqdorida tovon puli belgilangan  bo‘lib, bitim 2027 yilning yozigacha amal qiladi. 

Shunga qaramay, “Siti” bu summani to‘lashga tayyor emas, ammo yozgi transfer oynasida futbolchini taxminan 50 million funt evaziga qo‘lga kiritishga umid qilmoqda. Agar bu transfer amalga oshsa, Diogu Koshta Edersondan joyini tortib olishi turgan gap.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!