Gyuler mashg‘ulotlarga qaytdi

  • 30.11.2023 18:54
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Real"ga o‘tganidan beri ketma-ket jarohatlar olib, jamoaga yordam bera olmayotgan Arda Gyuler mashg‘ulotlarga qaytdi, deya xabar bermoqda "Marca" nashri. 

Image

Bundan oldin Arda "Braga"ga qarshi o‘yin oldidan kichik jarohat olgandi. Hozircha uning qachon maydonga qaytishi noma’lum. Klub bu borada shoshilmoqchi emas. 

Eslatib o‘tamiz, Gyuler yozda "Fenerbaxche"dan 20 million evro evaziga "qaymoqranglilar" safiga ko‘chib o‘tgan. U hali jamoadagi debyutini amalga oshirmadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!