
Hali beri ketmayman! Chempionlar ligasi finalchisi jamoada qolmoqchi
Karim Adeyemi yanvar oyida "Borussiya"ni tark etmasligini ma’lum qildi.
Jurnalist Patrik Bergerning xabar berishicha, hujumchi bu haqda unga qiziqish bildirayotgan klublarga aytgan. "Napoli" Adeyemi uchun 52,5 million evro to‘lashga tayyor edi. Sababi, klub futbolchini PSJga o‘tgan Xvicha Kvaratsxeliyaning o‘rnini bosa oladigan yagona futbolchi deb hisoblamoqda.
Ta’kidlanishicha, Adeyemiga bo‘lgan qiziqish yozda, ayniqsa "Chelsi" tomonidan qayta tiklanishi mumkin.
Ma’lumot uchun, vinger joriy mavsumda Bundesliganing 10 ta o‘yinida 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar