Hamma kutayotgan uchta supertransfer!

  • 16 avgust, 2021, 09:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa futbolida yozgi transferlar yakuniga qadar uchta katta transfer amalga oshirilishi mumkin. Sports.uz sayti ko‘plab muxlisu mutaxassislar e’tiborida turgan ushbu transferlar haqida ma’lumot beradi.

Lorentso Insine

Kutilayotgan transferlardan biri “Napoli” hujumchisi Lorentso Insinening “Inter”ga o‘tishidir. Ma’lumotlarga qaraganda, bu o‘yinchi neapolliklar bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortgan va klubni tark etmoqchi.

Asosiy hujumchisi Romelu Lukakuni “Chelsi”ga transfer qilgan “Inter” o‘z safiga Insineni chorlamoqda va transfer bo‘yicha muzokaralarga tayyor.

 “Napoli” mutasaddilari Italiya terma jamoasi hujumchisini o‘z safida ushlab qola olmasligini bilgan holda, uni 30 million evroga qo‘yib yuborishga tayyor. Bu futbolchi yaqinda Italiya terma jamoasi safida Evropa chempioni bo‘ldi.

 Insio “Napoli” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Bu jamoa safida 303 ta uchrashuvda 84 ta gol urgan. Turli yillarda ijara asosida “Kaveza”, “Fodja” va”Peskara” jamoalarida to‘p tepgan.

2013 yildan beri Italiya terma jamoasiga jalb etib kelinmoqda. U mamlakat bosh jamoasi libosida 47 ta uchrashuv o‘tkazib, raqiblar darvozasini 10 marotaba ishg‘ol qilgan.

1333352-28660669-2560-1440

Harri Keyn

Yana bir e’tibordagi masala Harri Keynning “Manchester Siti”ga transferi.

“Tottenxem” Angliya chempionligi va Evropa chempionlar ligasi bosh sovrini uchun kurasha olmaydigan jamoa. Londonliklar uzog‘i bilan Chempionlar ligasi yo‘llanmasini ko‘zlab, raqobatga kirishishi mumkin. Lekin ko‘pincha bu ham armon bo‘lib qoladi.

Angliyaning bugungi kundagi eng kuchli hujumchisi hisoblangan Harri Keyn kuchga to‘lgan davrini yuqori maqsadlar uchun kurashadigan qudratli jamoada o‘tkazmoqchi va shu bois, “Tottenxem”ni tark etmoqchiligini e’lon qilgan.

“Tottenxem” avvaliga asosiy to‘purarini 150 million evrodan kam bo‘lmagan summaga qo‘yib yuborishga tayyorligini bildirgandi.

“Manchester Siti” bu narxni ko‘tarishga va hatto qo‘shimcha bonuslar berishga tayyor ekanini bildirganidan keyin London klubi prezidenti Daniel Levi hujumchini sotishdan bosh torta boshladi.

Harri Keyn klub xo‘jayini gapida turmagani uchun noroziligini mashg‘ulotlarga bormaslik orqali namoyish qildi. Biroq, professional sportchi shartnomaga amal qilishi kerak. “Manchester Siti” esa o‘zi orzu qilgan hujumchiga ega bo‘lish uchun Daniel Leviga turli shakldagi takliflarni yo‘llamoqda.

20170305_gaf_u56_153

Kilian Mbappe

“Real” rahbariyati Kilian Mbappening kelasi yili erkin agentga aylanishini kutmasdan bu transferni shu yoz hal qilmoqchi.

Madridliklar buning uchun 120 million evrodan voz kechishga tayyor. Agar “Qirollik klubi” pleymeyker Martin Edegorni sotib yuborishni uddalasa, Kilian uchun taklif 150 million evrogacha ko‘tariladi.

Mbappening o‘zi ham “Real”ga o‘tmoqchi. Ayniqsa, PSJga Lionel Messi kelganidan keyin yosh hujumchi argentinalik yulduzning soyasida qolib ketishi mumkin.

Kilian PSJ uning barcha talablarini bajarishga tayyorligiga qaramasda, yangi bitimga imzo chekkani yo‘q. Parijliklar Mbappeni o‘z tarkibida olib qolishga harakat qilayotgan bo‘lsa-da, qaysar hujumchi erkin agentga aylanmay turib, uni kattaroq summaga sotib yuborgani ma’qul.

3139423-64344188-2560-1440

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
16/08/2021 22:12
Реал Мадрид отти қамчиламаса бўлмайди шекилли. Мбаппи супер иқтидорни олиши керак Реал М.