Harri Keyn mavsumni qaerda boshlashini aytdi
Unga chorlovlar ko‘p
Bundesliga chempioni «Bavariya» klubi hujumchisi Harri Keyn o‘zining keyingi faoliyatini qaerda davom ettirishni hal qildi.
Manbalarga ko‘ra, angliyalik forvard Myunxen jamoasida qolish niyatida. U klub rahbariyati bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni boshlab yuborgan. Keynning amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan.
Avvalroq unga «Barselona» va «Tottenxem» tomonidan jiddiy qiziqish borligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Harri Keyn 2023 yilda «Tottenxem» tarkibidan «Bavariya»ga o‘tgan. Nemis grandi forvardning transfer huquqlarini 90 million yevro evaziga sotib olgani ma’lum qilingan.

Izohlar (0)