Hech kimdan, hatto Yamaldan ham qo‘rqmayman!
Futbolchi raqobatga tayyor
«Barselona»ning yangi vingeri Karim Adeyemi jamoadagi raqobat, xususan, Lamin Yamal bilan bir pozitsiya uchun kurash haqida fikr bildirdi.
Yozda jamoaga qo‘shilgan nemis futbolchisi hujum chizig‘ining istalgan qismida o‘ynay oladi. Shu bilan birga, u asosan o‘ng qanotda harakat qiladi. Bu pozitsiyada esa Hans-Diter Flik odatda jamoaning yorqin yulduzi Lamin Yamalgа ishonadi.
- Men hech bir futbolchi bilan raqobatdan qo‘rqmayman. Agar maydonga tushganimda qo‘limdan kelgan barcha ishni qilsam, o‘zimni ko‘rsatish uchun imkoniyatlarim bo‘lishiga ishonaman, – dedi Adeyemi Lamin Yamal bilan raqobat haqidagi savolga javob berar ekan, Mundo Deportivo nashriga bergan intervyusida.
«Barselona» Adeyemini Dortmundning «Borussiya» klubidan 22 million yevro evaziga sotib oldi. U bilan tuzilgan shartnoma 2031 yil yozigа qadar mo‘ljallangan.

Izohlar (0)