HERE WE GO! Bernardu Silva yangi mavsumni qaerda boshlashi hal bo‘ldi
Transfer bozori ekspertlarining diqqat markazida turgan “Manchester Siti”ning sobiq yarim himoyachisi Bernardu Silva Madridning “Real” klubiga o‘tish bo‘yicha kelishuvga erishgan.
Mashhur transfer insayderi Fabrizio Romano ijtimoiy tarmoqda shunday deb yozdi:
“Bernardu Silva “Real”ga o‘tmoqda, here we go! Barcha shartlar bo‘yicha kelishuvga erishildi va shartnoma to‘liq kelishildi.
Portugaliyalik futbolchi ikki yillik shartnoma imzolaydi, unda yana bir yilga uzaytirish imkoniyati ham bo‘ladi. “Real” bu transfer muzokaralarini muzokaralarini juda tez yakunlagan.
Joze Mourinyo Bernarduni jamoasida ko‘rishni xohlagan va futbolchi ham bu taklifga rozilik bergan. Bugun paydo bo‘lgan ilg‘or muzokaralar haqidagi ma’lumotlar to‘liq tasdiqlandi”.
O‘tgan mavsumda Bernardu Silva barcha musobaqalarda 53 ta uchrashuvda ishtirok etib, 3 ta gol va 5 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.

Fikrlar