Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Himoya markazini ushlagan Husanovning oʻyini qanday baholandi?

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Abduqodir o‘z o‘rni va o‘yini­ni endi topdi

O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov to‘p surib kelaotgan Angliyaning "Manchester Siti" jamoasi UEFA Chempionlar ligasi umumiy guruh bosqichining to‘rtinchi turida Leyptsigdagi «RB Arena» stadionida Germaniyaning «RB Leyptsig» klubiga mehmon bo‘ldi. 

Hisob birinchi bo‘lim o‘rtalaridan ochildi. 37-daqiqada mezbonlar himoyachisi Kastello Lyukeba o‘z darvozasiga gol urib qo‘ydi. Tanaffusdan keyin «Leyptsig» tezda hisobni tenglashtirdi: 49-daqiqada Ridle Baku aniq zarba yo‘lladi. 58-daqiqada Enco Fernandez mehmonlarni yana oldinga olib chiqdi. Ortidan uch daqiqa o‘tib, Antonio Nusa javob goli bilan hisobni yana bir marotaba tenglashtirdi. 

78-daqiqada Erling Holandning goli hal qiluvchi bo‘lib, uchrashuv 3:2 hisobida "Manchester Siti" foydasiga yakunlandi.

Abduqodir Husanov ushbu bahsni "shaharliklar" asosiy tarkibida boshladi va to‘liq 90 daqiqa maydonda harakat qildi.

To‘rtinchi turdan so‘ng "Manchester Siti" 9 ochko to‘pladi, "Leyptsig" esa 3 ochko bilan qolmoqda.

Beshinchi turda "Manchester Siti" o‘z maydonida Italiya ning "Napoli" jamoasini qabul qiladi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 25 noyabrga o‘tar kechasi soat 01:00 da start oladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q