Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Сити" himoyasiga yaxshi xaridor chiqdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Vaqtida ketgan ma’qul

«Yuventus» yangi nomzodga ko‘z tikdi. Italiya­ning mashhur klubi «Yuventus» qishki transfer oynasida himoya chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. 

Turin jamoasi «Manchester Siti» tarkibida to‘p surayotgan himoyachi Rayan Ait-Nurini o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirgan.

Manbalarga ko‘ra, «Yuventus» yosh himoyachini qishda ijaraga olish variantlarini o‘rganmoqda. Shu bilan birga, klub rahbariyati shartnomaga keyinchalik to‘liq sotib olish imkonini beruvchi bandni kiritishni ham istamoqda.

Rayan Ait-Nurining «Manchester Siti» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yozigacha mo‘ljallangan. U ingliz klubiga «Vulverxempton» tarkibidan o‘tgan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q