Hindiston boksda Oʻzbekistonni ortda qoldirish uchun 25 million sarfladi

  • 05.10.2026 11:47
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Hindiston nashri The Times of India ma'lumot berishicha, mamlakat terma jamoasi boks bo‘yicha 2026 yildgi Osiyo o‘yinlarida medallar jadvalida O‘zbekistonni ortda qoldirishiга zamonaviy tayyorgarlik tizimi yordam bergan. 

Manbalarga ko‘ra, Hindiston boks federatsiyasi sportchilarni tayyorlash uchun jihozlar va xizmatlarga taxminan 25 million rupiy sarflagan. Mashg‘ulotlarda yuklama va tiklanish jarayonini nazorat qilish uchun maxsus datchiklar, zarba kuchi va harakatlar dinamikasini baholaydigan uskunalar qo‘llanilgan. Barcha ko‘rsatkichlar yagona elektron tizimda jamlanib, shu asosda mashg‘ulot dasturlari doimiy ravishda to‘g‘rilanib borilgan.

- Bu bizga sportchilarning qay darajada rivojlanayotganini ko‘rish, zaif tomonlarni aniqlash va shu asosda yuklamalarni o‘zgartirish imkonini berdi, — deya ta'kidlagan Hindiston ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi Santyago Nieva.

Mutaxassislar fikricha, yana bir muhim omil — xalqaro sparringlar bo‘lgan. Tayyorgarlik jarayoniga Eron bokschilari, shuningdek, Dominikan Respublikasining o‘n nafar vakili, jumladan Olimpiya o‘yinlarining kumush va bronza medali sohiblari jalb etilgan.

Natijada Hindiston boks bo‘yicha Osiyo o‘yinlarini uchta oltin va uchta bronza medali bilan yakunladi. 

O‘zbekiston esa ikki oltin, bir kumush va to‘rtta bronza medali natijasi bilan ikkinchi pog‘onadan joy oldi. Qozog‘iston ikki oltin va uchta bronza medali bilan uchinchi o‘rinni egalladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Мамадияров Махмуд
05/10/2026 15:45
Ўзбекистон секин аста боксдаги устунликни йўқота бошлади, аёллвр боксига Э. Расулов ўрнига бошқа кучли мураббий тайинлаш керак, Элшод тактикаси эскирди. Эркаклар боксида ҳам пасайиш бошланди.