Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Hojlund is back! U kecha o‘zining APLdagi debyut golini urdi

Izohlar: 0

U jamoasining g‘alaba keltiruvchi goliga mualliflik qildi.

Bugun tunda "Manchester Yunayted" "Aston Villa" bilan kuch sinashdi. Unda "qizil iblislar" iroda namoyish etib, 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. 

Mazkur bellashuvda daniyalik hujumchi Rasmus Xoylund jamoasining g‘alaba keltiruvchi goliga mualliflik qildi. Bu uning Angliya premer-ligasidagi debyut goli bo‘ldi. 

Ushbu natijaga qadar Rasmus APLda 14 ta bahsda maydonga tushib, hali gol ura olmagandi. Umumiy hisoblaganda, 20 yoshli forvard MYu safida barcha musobaqalarda 23 uchrashuvda 6 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. 

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q