Hozir “Barsa”da shu ikkisidan zo‘ri yo‘q!

  • 9 aprel, 09:54
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Barselona”ning sobiq hujumchisi Luis Suares Xans-Diter Flik boshqarayotgan hozirgi jamoaning darajasi haqidagi savollarga javob qaytardi.

- Menga Flik qo‘l ostida “Barselona” yoqyapti. Jamoa juda samarador va yuqori darajada o‘ynayapti.

Tarkibda natijani ta’minlayotgan ikkita muhim o‘yinchi bor: bular Pedri va Lamin Yamal.

Yana ikki tajribali futbolchi – Rafinya hamda Robert Levandovskining ham o‘yinga ta’siri sezilarli darajada kuchli. Biroq Pedri va Yamalning darajasi o‘ziga xosdir, - dedi Luis Suares.

Urugvaylik futbolchi kataloniyaliklar tarkibida 2014-2020 yillarda to‘p tepgan. Suares olti yil davomida “Barselona”da 283 ta uchrashuvda maydonga tushib, 195 ta gol va 113 ta assist muallifi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!