Hozirgi “Barsa” eng “teshik” jamoa ekan!

  • 07.05.2025 06:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Evropa Chempionlar ligasi yarim finalida “Inter”ga to‘qnash kelib, ikki uchrashuv natijasida o‘z darvozasidan ettita to‘p olib chiqqan “Barselona” bu borada antirekord o‘rnatdi.

Jurnalist Pedro Martinning ma’lum qilishicha, Kataloniya klubi bu mavsum qit’a miqyosidagi musobaqada o‘z darvozasidan jami 24 ta to‘p olib chiqdi. Bu yangi antirekord bo‘ldi.

Avvalgi salbiy natija 1999-2000 yilgi mavsumda kuzatilgan bo‘lsa, o‘sha davrdagi Evropa Chempionlar ligasida raqiblar “Barselona” darvozasini 23 marotaba ishg‘ol qilgani qayd etilgan.

Chorak asr avval ham “Barselona” futbolchilari o‘z yurishini yarim finalda to‘xtatgan. O‘shanda “Valensiya”ga to‘qnash kelgan kataloniyaliklar birinchi uchrashuvda 1:4 hisobida yutqazib qo‘ygan. Javob o‘yinida 2:1 hisobida zafar quchganiga qaramay, “Barselona” raqibni finalga o‘tkazib yuborgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!