Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Hujumchi Manchesterdan ketdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Vaziyat shuni taqozo etdi

Daniya yoshlar terma jamoasi va «Manchester Yunayted» hujumchisi Chido Obi-Martin faoliyatini Niderlandiyada davom ettiradi. 

«Manchester Yunayted» matbuot xizmati xabariga ko‘ra, iqtidorli futbolchi «Villem II» klubi safiga qo‘shildi.

18 yoshli forvard niderlandiyalik jamoa sharafini joriy mavsum oxirigacha ijaraga asosida himoya qiladi.

O‘tgan mavsumda Obi-Martin «Manchester Yunayted» yoshlar jamoasi tarkibida 31 ta uchrashuvda maydonga tushib, 15 ta gol urgan.

Erediviziyaning amaldagi mavsumida «Villem II» musobaqa jadvalidagi 15-pog‘onadan joy olgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q