
"Humo-2"ga yangi himoyachi keldi
"Humo-2" jamoasi rossiyalik himoyachi Adel Sadikov bilan mavsum so‘nggiga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. 21 yoshli sportchi Qozon xokkeyi tarbiyalanuvchisi sanaladi va faoliyati davomida "Bars" (Lada kubogida), "Sibirskix Cnayperov" (MXL) jamoalarida shayba surgan bo‘lib, 230 bahsda 13 ta gol kiritgan va 42 ta golga assistentlik qilgan.
21 yoshli xokkeychi toshkentliklar safida 82-raqam ostida harakat qiladigan bo‘ldi. Ma’lumot uchun, "Humo-2" ayni vaqtda Qozog‘iston ochiq chempionatida 48 bahsda 47 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalidagi 11 jamoa orasida 10-pog‘onani egalab turibdi.
Fikrlar