"Humo" iroda namoyish etdi
Shahzod
Xabaringiz bor, "Humo" xokkey klubi Sankt-Peterburgda o‘tayotgan Nikolay Drozdetskiy xotirasiga bag‘ishlangan turnirda ishtirok etmoqda.
Bugun Evgeniy Popixin shogirdlari mazkur musobaqa doirasida Almetevskning "Neftyanik" jamoasiga qarshi muzga chiqishdi. Qiziqarli va tomoshabop tarzda kechgan bellashuvning birinchi bo‘limida tataristonliklar 2:1 hisobida oldinga chiqib olganliklariga qaramay, yakunda toshkentliklar javobsiz 4 ta shayba kiritishdi va 5:2 hisobidagi irodali g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
Ertaga esa "Humo" o‘zining mazkur musobaqadagi so‘nggi bellashuvini o‘tkazadi. Bu safar ularga "SKA-Neva" klubi raqiblik qiladi.

Izohlar (0)