
"Humo" qachon KXLga qo‘shiladi?
Toshkentning "Humo" xokkey klubi matbuot xizmati "Xokkey insonlari" deb nomlangan yangi rukn tashkil etishdi. Unda o‘zbek xokkeyi rivojiga o‘z hissasini qo‘shayotgan insonlar haqida hikoya qilinadi. Ruknning dastlabki sonida O‘zbekiston xokkey federatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Bahodir G‘ofurov bilan intervyu tashkil etildi.
Unda jamoaning qachon Qit’aviy xokkey ligasi (KXL)ga qo‘shilishi borasida ham so‘z bordi:
"KXLga qo‘shilish o‘z-o‘zidan bo‘lib qoladigan maqsad emas. Tushunamiz, KXL bu top-daraja. Evrosiyo mintqasidagi eng yuqori darajagi liga sanaladi. Bu esa jamoaga bir qator majburiyatlarni yuklaydi. Bunda biz rivojlanishning ushbu bosqichida unga qanchalik ehtiyoj borligini va KXLda yoki VXLda bo‘lish hozirgi muammolarimizni hal qilishga yordam beradigan muvozanatni saqlashimiz kerak.
Shunday ekan, ushbu va keyingi mavsumda VXL chempionatida ishtirok etish biz uchun eng yaxshi echim ekanligini tushunamiz. Moliyaviy xarajatlar nuqtai nazaridan, biz olgan natijalar nuqtai nazaridan. Ammo, ehtimol, 2021/2022 yilgi mavsumda biz KXLda o‘ynarmiz", - dedi G‘ofurov.
Fikrlar