
Humoyun Sultonov ikkinchi davrada
Qarshi shahrida tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasida mukofot jamg‘armasi 15 ming AQSh dollarini tashkil etuvchi "Fyuchers" turnirning birinchi davrasi vakillarimiz uchun omadli boshlandi.
Biroz avval hamyurtimiz Olimjon Nabiev ilk davrada ukrainalik Oleg Xotkovni mag‘lub etgani haqida xabar bergan edik.
Endi esa umidli tennischimiz Humoyun Sultonov belaruslik Aleksandr Lianenkaga qarshi o‘yin o‘tkazdi va raqibini 7:5, 6:3 hisobida mag‘lub etdi.
Qur’a natijasiga ko‘ra, endi ikkinchi davrada Olimjon va Humoyun o‘zaro to‘qnash keladi.
Fikrlar