Husanov katta yangilik kutmoqda

  • 12.05.2026 08:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Joriy mavsum "Manchester Siti"da oʻynayotgan Oʻzbekistonning bugungi kundagi eng mashhur futbolchisi Abduqodir Husanov uchun juda muvaffaqiyatli davom etmoqda.

22 yoshli futbolchimiz “Manchester Siti”da zahirada oʻyinchisidan asosiy tarkibning eng muhim figurasiga aylandi. Husanov mavsumning eng qizgʻin va masʼuliyatli pallasiida himoya chizigʻi yetakchisi hisoblanadi.

Joriy chempionat davomida legionerimiz ikki murakkab pozitsiya – ham oʻng qanot, ham himoya markazida ham ishonchli oʻynay olishini namoyish qilib, Xosep Gvardiola va uning murabbiylar shtabidagi mutaxassislar ishonchini oʻqlay oldi.

Abduqodir Husanov top-ligalardagi dastlabki yutugi – Angliya ligasi kubogini qoʻlga kiritdi va ayni paytda sovrinlari sonini oshirish uchun jamoasi bilan kurashni davom ettirmoqda.

Shu bilan birga hamyurtimiz individual sovrinlarini koʻpaytirib olish imkoniyatiga ega boʻlmoqda.

“Manchester Siti” rasmiy sayti orqali 2025-2026 yildgi mavsum yakunlari boʻyicha Etihad Player of the Season mukofoti – klubning mavsumdagi eng yaxshi oʻyinchisini aniqlash uchun nomzodlar roʻyxatini eʼlon qildi.

25 nafra nomzodlar qatoriga Oʻzbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov ham kiritildi. Jamoaning eng yaxshi futbolchisi uchun ovoz berish jarayoni allaqachon boshlangan va 15 maygacha davom etadi. Shundan soʻng hal qiluvchi bosqichga chiqadigan uch nafar finalchi aniqlanadi.

Taʼkidlash joizki, joriy mavsumda Husanov “shaharliklar” safida ikki marta oyning eng yaxshi futbolchisi sovrini qoʻlga kiritgan ikki futbolchidan biri hisoblanadi. Abduqodir yanvar va mart oylarida oyning eng yaxshi futbolchisi, deb topilgan.

Umuman olganda, mavsum boshlanganidan beri jamoada oyning eng yaxshi oʻyinchilari sovrini egalari quyidagicha koʻrinish olgan.

 

Avgust: Tijani Reynders

Sentyabr: Jeremi Doku

Oktyabr: Erling Holand

Noyabr: Fil Foden

Dekabr: Rayan Sherki

Yanvar: Abduqodir Husanov

Fevral: Niko O’Rayli

Mart: Abduqodir Husanov

Aprel: Niko O’Rayli

Bundan tashqari, Abduqodir Husanov Angliya Premier-ligasi futbolchilari oʻrtasida raqib futbolchilarining pasini kesish (“interceptions”) boʻyicha yetakchi hisoblanadi. Hamyurtimiz har oʻyinda oʻrtacha 2.30 ta uzatma berilgan paytda toʻp manzilga yetib bormasidan avval unga egalik qiladi va bu koʻrsatkich boʻyicha hammany ortda qoldirgan.

Endi Abduqodir Husanov “Manchester Siti”ning joriy mavsumdagi eng zoʻr futbolchisi boʻlishga daʼvogar. Oʻtgan mavsumda «Manchester Siti»ning eng yaxshi futbolchisi sovrinini xorvatiyalik markaziy himoyachi Yoshko Gvardiol qoʻlga kiritgan edi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!