Husanov kutilmagan hushxabar oldi!
Transferlarga ixtisoslashgan Transfermarktportali postsovet mamlakatlaridan yetishib chiqqan futbolchilarning bozor qiymati yangilandi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va «Manchester Siti» himoyachisi Abduqodir Husanov Angliya Premier-ligasida to‘p surayotgan MDH davlatlari orasida eng qimmat futbolchi sifatida qayd etildi. Transfermarkt ekspertlarning 22 yoshli futbolchining bozor qiymatini 50 million yevro deb baholagan.
Ro‘yxatda ikkinchi o‘rinni «Brentford» yarim himoyachisi, ukrainalik Yegor Yarmolyuk egalladi. Uning yangi transfer narxi 32 million yevro ekani ko‘rsatilgan. Husanov bilan oradagi farq 18 million yevroni tashkil qilmoqda.
Kuchli uchlikni esa «Liverpul» darvozaboni va Gruziya milliy terma jamoasi a’zosi Georgi Mamardashvili yakunlab berdi. Uning transfer qiymati 28 million yevro etib ko‘rsatilgan.
Sobiq SSSR davlatlaridan yetishib chiqqan eng qimmat besh futbolchi quyidagicha tartibda joylashgan:
1. Abduqodir Husanov («Manchester Siti», O‘zbekiston) — 50 mln yevro;
2. Yegor Yarmolyuk («Brentford», Ukraina) — 32 mln yevro;
3. Georgi Mamardashvili («Liverpul», Gruziya) — 28 mln yevro;
4. Vitaliy Mikolenko («Everton», Ukraina) — 25 mln yevro;
5. Mixail Mudrik («Tottenxem», Ukraina) — 15 mln yevro.
Eslatib o‘tamiz, Husanov 2025 yil yanvar oyida Fransiyaning «Lans» jamoasidan «Manchester Siti» safiga 40 million yevro evaziga o‘tgan edi. Mançesterliklar safida Abduqodir o‘tgan mavsumda Angliya kubogi va Angliya ligasi kubogini qo‘lga kiritdi. 2026/2027 yildgi mavsumda o‘zbekistonlik himoyachi Angliya klubi tarkibida barcha musobaqalar doirasida olti o‘yin o‘tkazdi, jami 391 daqiqa maydonda to‘p surdi va bir marta ogohlantiruvchi sariq kartochka oldi.

Fikrlar