Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Husanov Manchesterdagi maqsadini ochiq aytdi!

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Abduqodir katta ishlarni rejalab qo‘ygan ekan...

“Manchester Siti” faoliyatini yoritib borayotgan ijtimoiy tarmoqlarda oʻzbekistonlik legioner Abduqodir Husanovning klub faoliyati haqidagi fikrlari keltirildi.

Maʼlumki, 22 yoshli himoyachi kichik jarohati tufayli Oʻzbekiston milliy terma jamoasining noyabr oyidagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinidan ozod qilindi va ayni paytda “Manchester Siti” tarkibida sport formasini tiklashga harakat qilmoqda.

- Men ushbu klubda oʻynayotganimdan faxrlanaman. “Manchester Siti”ning ajoyib muxlislari bor. Ular safarda ham, oʻz maydonimizda ham jamoani koʻpchilik boʻlib  qoʻllab-quvvatlashadi. Bu futbolkani kiyish - katta masʼuliyat.

Muxlislarning qoʻllab-quvvatlashi men uchun juda katta ahamiyatga ega. Men ularga shaxsan minnatdorchilik bildirmoqchiman, hatto qiyin paytlarda ham ular biz bilan birga boʻlishyapti.

Biz ular uchun yanada koʻproq sovrinlarni qoʻlga kiritishni istaymiz. Albatta, mening orzum – Yevropa Chempionlar ligasida gʻolib chiqish, - dedi Abduqodir Husanov.

“Manchester Siti”ning dunyo boʻylab yoyilgan fanatlari oʻzbek futbolchisining bu fikrlariga oʻz munosabatini bildirdi. Sports.uz portali ushbu izohlarni oʻquvchilar eʼtiboriga haqola qiladi.

Adoma Belinda:

Husanov, sen darvozada Donnarumma turgan holda Chempionlar ligasida gʻolib chiqmoqchisan?

Piscer Lager (Adoma Belinda fikriga javob)

Ishonsak boʻladi, menimcha, Rulli yaxshiroq oʻynay oladi.

Alabama Adakole:

Adoma Belinda, xuddi shunday-da!

Gladys Kinya:

PSJ  aynan Donnarumma bilan Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan.

Mafeng Pam:

Adoma Belinda, men ham shu haqida oʻylayapman!

Victor Jangaya:

Ha, albatta. Haqiqiy ilhomlantiruvchi inson xatolarga yoʻl qoʻyishi va ular ustida ishlashi bilan ajralib turadi.

Mpho L. Kgaladi:

Biz ham “shaharliklar” muxlisi sifatida Husanovning orzulari ushalishini istaymiz.

Samson Zimba:

Husanov – bizning sadoqatli, kuchli va tezkor himoyachimiz.

Musawenkosi Gatsheni:

Abduqodir, ammo doʻsting Donnarumma ketma-ket xatolar qilmoqda.

Saman Hamad Kumia Saied:

Orzularing amalga oshsin, Husanov!

Mx Max:

Hammasi joyida. Biz finalgacha yetib borishimiz va 70-daqiqagacha bitta gol farqi bilan oldinda borishimiz mumkin. Donnarumma xato qilmaganini eslab qoladi. “Manchester Siti”ning Chempionlar ligasidagi joyi final...

Victor Jangaya:

Ammo hech narsa oson boʻlmaydi va biz faqat intilishda davom etamiz.

Muhamad Wa Bakali:

Husanov “Siti” futbolchilari uchun motivatsiya manbai.

Paytone Musambila Hammooya:

Abduqodir – tezkor himoyachi, yugurishda chaqqon va kuchli.

Vivienne Howlett:

Ajoyib futbolchi.

Joseph Mcdecel:

Husanov, endi sen ham janoblardek fikrlyapsan.

Bryant Kofikingstone:

Agar darvozada Donnarumma turgan holda chempionlikni qoʻlga kiritсангиз, himoyaga albatta alohida sovgʻa kerak boʻladi.

Yaya Ketelle:

Husanov, biz Chempionlar ligasida gʻolib boʻlamiz, inshaalloh.

Hameed Maheta Dekha:

“Manchester Siti”ga barcha ezgu tilaklarimni tilayman.

Jeshi Dally:

Biz Chempionlar ligasida gʻolib boʻlamiz.

Elizabeth Burdaky:

Qanchalik shikoyat qilma, haqiqiy muxlis jamoasini qoʻllab-quvvatlaydi.

Aaro Mug

Olga! Husanov, buni uddalay olishingni bilaman.

Emmanuz Ziro Pressure:

Yaxshi orzu, bizning eng yaxshi himoyachimiz.

LK Akha:

Soʻzlaring menga yoqdi, “jangchi” bola!

Kony Madson

Sen hozir “Siti”ning eng yaxshi markaziy himoyachisan.

James Brotherton:

Husanovni yaxshi koʻraman, ajoyib himoyachi.

Onyekachukwu Ibeh:

Men bu yigitni yaxshi koʻraman.

Ann Jenkins:

Bizning eng yaxshi himoyachimiz, ammo darvozada JiJi turgani yordam bermayapti!!!!

Jacobo Eteru:

Voy, bu yigit zoʻr-ku!

Kazibora Boyvanny:

“Manchester Siti”ga omad!

Yung Richie:

Orzuing amalga oshadi, doʻstim.

Festus Shegzy Omo Oba:

Allohning marhamati bilan kelasi yili Chempionlar ligasi kubogini albatta qoʻlga kiritamiz.

Chapachapa Achia Brathe:

Biz buni uddalay olamiz!

Raymond Ramshead:

Husanov har hafta markaziy himoyada oʻynashi kerak.

Wanyama Wanyama:

Hozirgi “Manchester Siti”ning eng yaxshi markaziy himoyachisi, bu borada hech qanday bahs yoʻq.

Foden Junior:

Biz buni uddalay olamiz, biz “Sitimiz”!

Travor Noar:

Biz Chempionlar ligasida gʻolib boʻlamiz.

Bor Chieng Bichoik:

Olga, “Siti”!

Olima Nelson:

Biz gʻolib boʻlamiz, ha, gʻolib boʻlamiz va sen ham asosiy tarkibda boʻlasan.

Itz Simmie Jr.:

Biz Husanovga ishonamiz!

Jacobo Eteru:

Nima boʻlishidan qatʼi nazar, qalbimizdan abadiy joy olgansan Husanov!

Shomurodovni uchinchi oʻringa surib qoʻyishdi

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q